Singapurdagi mashhur Changi aeroporti reytingi tushib ketdi
World Airport Award xalqaro agentligi tomonidan tuzilgan reytingda bu yil Doxadagi Hamad aeroporti eng yaxshi, deb topildi.


Mutaxassislar 2020 yilning avgustidan 2021 yil iyulgacha tadqiqot o‘tkazib, yo‘lovchilardan aeroport xizmatlaridan qanchalik qoniqish hosil qilishganini so‘rashgan.
Changi aeroporti so‘nggi o‘n yilda birinchi o‘rindan tushmayotgan edi. Qayd etilishicha, bunday o‘zgarishga Qatar Airways aviakompaniyasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, Hamad aeroportiga hukumat tomonidan mablag‘ ajratilgani sabab bo‘lgan.

CNN tarqatgan xabarga ko‘ra, reyting quyidagi ko‘rinishda shakllangan:
1. Hamad xalqaro aeroporti
2. Tokiodagi Xaneda aeroporti
3. Singapurdagi Changi aeroporti
4. Inchxon xalqaro aeroporti
5. Tokiodagi Narita aeroporti
6. Myunxen aeroporti
7. Syurix aeroporti
8. Londondagi Xitrou aeroporti
9. Kansay xalqaro aeroporti
10. Gongkong xalqaro aeroporti.
Sharofat Mahmudova







