So‘nggi o‘n kun ichida Turkiyada uchinchi avtobus ag‘darildi
Turkiyaning Ushaq viloyatida avtobus ishtirokidagi yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda 33 kishi jabrlandi. Voqea Anqara-Ushaq yo‘nalishida sodir bo‘lgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, haydovchi burilishda boshqaruvni yo‘qotgan va shu sabab avtobus ag‘darilgan. Qayd yetilishicha, transport Agradan Izmirga yo‘l olgan. 32 nafar yo‘lovchi va haydovchi shifoxonaga yotqizildi.
Yeslatib o‘tamiz, 2 avgust kuni ham Turkiyada avtobus bilan bog‘liq nohushlik ro‘y bergandi. Rossiyalik sayyohlarni olib ketayotgan harakat vositasi Turkiyaning Manavgat shaharchasi yaqinida ag‘darilgan. Bu voqeada ham haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani aytilgandi. Hozirga qadar avariya sabab jarohatlangan Rossiyaliklarning uch nafari Turkiya shifoxonasida. Ulardan birining ahvoli o‘ta og‘ir.
8 avgust kuni Turkiyaning Balikesir shahri yaqinida qatnovchi avtobusning ham ag‘darilishi qayd etildi. Hodisa sabab 14 kishi olamdan o‘tdi. 18 nafari esa jarohatlangan.







