O'zbekiston

Surxondaryo aholisining 46 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. Mirziyoyev muhim ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda Toshkent shahrida xizmatlar sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Surxondaryo aholisining 46 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. Mirziyoyev muhim ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyati aholisining 46 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. 218 ta suv inshooti va 3 ming kilometrdan ziyod tarmoqlar ta’mirga muhtoj. Viloyatning janubiy tumanlari va Termiz shahrida suv mineralizasiyasi miqdori oshgan.
Shu bois Prezidentimiz 2 iyun kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “To‘palang” suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Shunga muvofiq,  dastlabki loyiha ishlab chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, “To‘palang” suv omborining quyi qismida bosimni so‘ndirish, suvni tozalash va tarqatish inshootlari quriladi. U yerdan tumanlardagi suv taqsimlash uzellarigacha jami 361 kilometr quvur tortiladi. Bu tizim samarasida Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1 million 700 ming aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.
Loyihaning umumiy qiymati 138 million dollar bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Uni 2024 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Davlatimiz rahbari loyihani ma’qullab, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Qurilish ishlarini “Obod qishloq” dasturi bilan uyg‘unlashtirish, suv ta’minoti bo‘yicha davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Servis iqtisodiyotda ham, ijtimoiy hayotda ham katta ahamiyatga eaga. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 11 maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bu sohani iqtisodiyotda muhim drayverga aylantirish va 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish maqsadi belgilangan. Shunga muvofiq, 2021-2023 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni tasdiqlash vazifasi qo‘yilgan.
Bu borada Toshkent shahrining imkoniyatlari juda katta. Xususan, joriy yilning iyun-dekabr oylarida xizmatlar sohasida 415 mingta ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. Bu reja yangi tadbirkorlik sub’yektlari va tunu kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish, birinchi qavat va yerto‘lalarni ijaraga berish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, iyun-iyul oylarida 24 ming kishi o‘zini o‘zi band qilgan, yangi tadbirkorlik sub’yektlarida 17 ming fuqaro ishli bo‘lgan.
Prezidentimiz bu tajribani mamlakatimizning boshqa hududlarida ham tatbiq etish bo‘yicha topshiriq berdi. Qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, xizmat ko‘rsatuvchilarga moliyaviy yengilliklar berish orqali ular faoliyatini rasmiylashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Surxondaryo aholisining 46 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. Mirziyoyev muhim ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi | Zamon.uz