“Tolibon” Afg‘onistondagi yana bir shaharni egalladi
“Tolibon” harakati Farax viloyatining xuddi shu nomdagi maʼmuriy markazi hisoblanuvchi shaharni egalladi. Bu haqda harakat yetakchisi Zabihullo Mujohid Twitter‘da maʼlum qilgan, deya xabar bergan “Korrespondent.net”.


“Tolibon” harakati jangchilari “Al-Fatx” operatsiyasi vaqtida Farax viloyatining maʼmuriy markazini egalladi», — deb yozgan Mujohid.
“Tolibon” gubernator maʼmuriyatini o‘z nazoratiga olgan. Bayonotga ko‘ra, endi harakat vakillari Afg‘oniston hukumatining qo‘shinlarini boshqa shahar hamda hududlardan siqib chiqarishni maqsad qilmoqda.







