Jahon

“Tolibon” yana bir viloyat markazini egalladi

“Tolibon” Farah viloyati markazi Farah shahrini ham bosib oldi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid  xabar berdi.

“Tolibon” yana bir viloyat markazini egalladi

Shuningdek, Bag‘lon viloyati markazi Puli Humri shahri ham jangarilar qo‘liga o‘tdi. Hukumat kuchlari shahar tashqarisidagi Kelagay aholi punktiga chekingan. Zabihullo Mujohidning maʼlum qilishicha, Puli Humridagi barcha muhim obyektlar “Tolibon” nazoratiga o‘tgan. Shahardagi harbiy harakatlar tufayli 2 ming oila yashash joyini tashlab  ketishga majbur bo‘lgan.

Bundan tashqari jangarilar Badaxshon viloyati markazi Fayzobod shahrini ham egalladi. Fayzobod so‘nggi bir sutka davom etgan hujumlardan so‘ng “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.

Marshal Abdulrashid  Do‘stum 10 avgust kuni bir guruh harbiylar bilan Mozori Sharifga qaytdi. So‘nggi kunlarda “Tolibon” Mozori Sharifga  hujumni kuchaytirdi. Ushbu shahar Afg‘oniston shimolidagi muhim strategik  hudud hisoblanadi.

Bundan avval “Tolibon” hukumat mamlakatdagi vaziyat ustidan nazoratni qo‘ldan chiqarganini maʼlum qilgan edi.

custom img

Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat sabab Ronaldu Saudiyani tark etdi

Eronning Ar-Riyoddagi AQSH elchixonasiga hujumidan so‘ng Krishtianu Ronaldu shaxsiy samolyotida Saudiya Arabistonidan Madridga yo‘l oldi

custom img

Qozog‘iston Eron masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun maydon taqdim etishga tayyor

Ma’lum qilinishicha, avval ham Olmaotada Eron bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.

custom img

AQSH razvedkasi Eron tomonidan Qo‘shma Shtatlar hududiga yo‘naltirilgan ehtimoliy hujumlar haqida ogohlantirdi

Eronning AQSHga qarshi ehtimoliy tahdidi keng ko‘lamli to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy hujumlarni o‘z ichiga olmaydi.

custom img

AQSHning Saudiya Arabistonidagi elchixonasiga dronlar zarba berdi

Donald Tramp elchixonaga qilingan hujum javobsiz qolmasligini bildirdi.

custom img

Dubaydan Toshkentga yo‘lovchilarsiz parvoz amalga oshirildi

Fors ko‘rfazidagi notinchlik tufayli havo hududi yopilgan Dubay xalqaro aeroportidan Toshkentga ilk texnik reys uchirildi.

custom img

"Eronga qarshi operatsiyani qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirishga tayyormiz" — Tramp

Dastlab barcha harakatlarni 3–4 hafta ichida yakunlash rejalashtirilganiga qaramasdan amaliyot muddati cho‘zilishi ham mumkin.

custom img

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eronda 500 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Hujumlar davomida Eronning 131 shahri nishonga olingan.

custom img

AQSh bilan hech qanday muzokara olib borilmaydi — Eron

Tehron AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimolini qat’iyan rad etdi va vositachilar orqali aloqalar haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Tolibon” yana bir viloyat markazini egalladi