Vasiylikka olingan yetim bolalarga ham OTMga kirish uchun kvota ajratiladi
Prezidentning 10 avgustdagi qarori bilan homiylikka yoki patronatga olingan 25 yoshdan oshmagan yetim bolalar Mehribonlik uylari bitiruvchilari uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotadan foydalanadi.

Kvotadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yetimlar soni 563 nafardan 6,2 ming nafargacha (11 baravarga) oshishi kutilmoqda. Shuningdek, ularga 50 foizga oshirilgan miqdorda stipendiya (705 ming so‘m) ham to‘lanadi.
Qolaversa, bolalarga nodavlat taʼlim tashkiloti o‘quv kurslarida o‘qish xarajati uchun yiliga 4,9 mln so‘mdan kompensatsiya beriladi.
Texnikum, kollej yoki oliy taʼlim muassasasida o‘qiyotgan yetim bolalarga kitoblar xarid qilish uchun bir yilda bir marta 1,2 mln so‘m subsidiya beriladi.
Yetim bolalarning xorijiy davlatlarda jarrohlik amaliyoti xarajatlari to‘liq kompensatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish yoshi 18 yoshdan 23 yoshga oshirilmoqda.