" Yotaʼ shtammi xavfli emas " — JSST
"Yotaʼ shtammi xavfli emas ʼʼ —JSST


Koronavirusning “yota” shtammi og‘ir kasallikka olib kelmaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda kasalliklar bo‘linmasi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove brifingda eʼlon qildi.
"Bu shtamm og‘ir kasallik va jiddiy zararlanishga olib kelmaydi", dedi JSST vakili.
Van Kerkxovening so‘zlariga ko‘ra, “yota” shtammi haqidagi maʼlumotlarni tashkilot Nyu-York shifokorlaridan olgan.
Hozirda JSST bu shtamm genomini o‘rganish bo‘yicha 28 mingga yaqin maʼlumotga ega, ulardan 27 mingdan ortig‘i AQSHda olingan.
Bundan avval AQSH olimlari koronavirusning yangi “yota” shtammidan o‘lim darajasi yuqori bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.
Sharofat Mahmudova







