O'zbekiston

Afg‘onistondagi O‘zbekiston fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilinganmi?

So‘ngi kunlarda “Tolibon” harakati Afg‘onistonning o‘nta viloyatini o‘z  nazoratiga oldi. Jumladan Afg‘oniston shimolidagi Qunduz va Fayzobod  kabi yirik shaharlar jangarilar tomonidan egallandi.

Afg‘onistondagi O‘zbekiston fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilinganmi?

 

 

Vaziyat keskinlashuvi ortidan deyarli barcha davlatlar birma-bir o‘z fuqarolarini zudlik bilan Afg‘onistonni tark etishga chaqirmoqda. Masalan o‘tgan hafta AQSH va Buyuk Britaniya o‘z fuqarolarini Afg‘onistoni tark etish haqida ogohlantirishdi. Bir necha kun avval esa Hindiston Mozori Sharifdagi bosh konsulligi diplomatlarini evakuatsiya qildi. Shuningdek, Afg‘onistonda iqtisodiy obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan hind kompaniyalari xodimlari va hindistonlik  jurnalistlarga ham zudlik bilan Afg‘onistonni tark etish tavsiya etildi. Xo‘sh bu borada O‘zbekiston qanday yo‘l tutmoqda?

 

Ushbu savolga javob topish maqsadida ZAMON.UZ Tashqi ishlar vazirligi matbuot xodimi Mirzohid Eshonqulov bilan bog‘landi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra bu borada fuqarolarimiz bilan bog‘liq hech qanday muammo mavjud emas.

 

-Buguni kunda Afg‘onistonda bizning fuqarolar deyarli qolmagan. Qiyin vaziyatga tushib qolganlar bo‘yicha ham murojaatlar yo‘q. Qolaversa biz Afg‘oniston bilan chegaradoshmiz va O‘zbekiston fuqarolari uchun hozirda  chegara ochiq. Shunga qaramay muammoli holatga tushib qolgan fuqarolarimiz aniqlansa albatta o‘z vaqtida, zudlik bilan yordam qo‘li cho‘ziladi. Zaruratga ko‘ra evakuatsiya qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” o‘rtasida hokimiyatni egallash uchun keskin kurash ketmoqda. Avvalroq “Tolibon” harakati Farah va Badahshonni egallagani maʼlum qilingan edi.   

 

Munojat Valiyeva

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Endilikda kondan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimini olish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Tojikiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Ular pulni soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, keyinchalik o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Afg‘onistondagi O‘zbekiston fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilinganmi? | Zamon.uz