Jahon

NEXTA Telegram-kanalining Belarusdagi namoyishlarda qanday vazifani bajargani ochiqlandi

Belarusda ekstremist deb atalayotgan NEXTA Telegram-kanali asoschilaridan biri Roman Protasevich RT‘ga bergan intervyusida bir yil oldin ro‘y bergan  norozilik namoyishida qanday vazifani bajarganligi  haqida gapirib berdi.

NEXTA Telegram-kanalining Belarusdagi namoyishlarda qanday vazifani bajargani ochiqlandi

 

 

"Yakshanba kungi aksiyada odamlarning harakat yo‘nalishi ustida men ham ishlaganimni yashirmayman. Ammo 9-10-11 avgust kunlari koordinatsiya bo‘lmagan, chunki shu kunlarda mamlakatda internet yoqilmagan", degan u.

 

Shuningdek, Protasevich NEXTA Belarusdagi namoyishlarni faol yoritgani va "qarshilik nuqtasi" haqida yozganini ham tan olgan. Chunki o‘sha kunlari barchaTelegram-kanallar jurnalistlari ko‘chada bo‘lishgan.

 

"Shu bois buni hech qachon  koordinatsi, deb bo‘lmaydi. Buni maʼlumotlarni  tezkor eʼlon qilish sifatida baholash mumkin.", - dedi Protasevich.

 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23 may kuni Afinadan Vilnyusga uchayotgan Ryanair samolyoti Minskda majburan qo‘ndirilgan edi. Aviakompaniya samolyotning Minskda qo‘nishiga Belarus dispecherlari layner bortida potensial xavf borligi haqida ogohlantirgani sabab bo‘ldi, deb aytdi. Keyinchalik samolyotda bomba borligi haqidagi maʼlumot tasdiqlanmadi.

 

Shu reys bilan uchayotgan NEXTA axborot portali asoschisi Roman Protasevich va uning dugonasi, Rossiya fuqarosi Sofya Sapega samolyot qo‘nganidan so‘ng qo‘lga olingan. 

 

Ular keyinchalik uy qamog‘iga o‘tkazildi. Belarus tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Protasevich ularga yordam berishga rozi bo‘lgan.

 

Sharofat Mahmudova

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

NEXTA Telegram-kanalining Belarusdagi namoyishlarda qanday vazifani bajargani ochiqlandi | Zamon.uz