Qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat: Qirg‘izistonga o‘q otilgan, Tojikiston handaqlar qazimoqda
Kuni kecha Qirg‘izistonning Botken viloyatiga Tojikiston bilan chegarasidan o‘q uzildi. Bu haqda “Sputnik Kirgizistan” maʼlum qildi.


11-avgust kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatiga Tojikiston chegarasi tarafdan o‘q uzilgan. O‘q mahalliy shifoxona derazasiga borib tekkan.Tojikison tarafi chegarachilar qurol-yarog‘larini tekshiruvdan o‘tkazgani, lekin qurol ishlatilmaganini maʼlum qilgan.
Vaziyat keskinlashuvi ortidan Tojikiston tarafida chegara yaqinida handaqlar qazilyotgani maʼlum bo‘ldi. Qirg‘iziston Prezidentining Botken viloyatidagi vakili Abdikarim Alimbayevning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Botken va Tojikistonning So‘g‘d viloyatlari rahbarlari uchrashuvi o‘tkaziladi. “Keskinlashuvning oldini olishning yagona yo‘li — muzokaralar”,- deya taʼkidlagan Alimbayev.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil aprel oyida ikki mamlakat chegarasi hududida nizo yuzaga kelgan, natijada har ikki tomondan qurbonlar bo‘lgan edi.
Jahongir Qo‘ziyev







