O'zbekiston

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilinganlar 14 avgustgacha to‘lov qilishi kerak

Ariza topshirgan talabgorlarning maʼlumotlari Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan tekshirilib, belgilangan talablarga to‘g‘ri kelganlari «qabul qilindi», to‘g‘ri kelmaganlari esa «rad etildi».

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilinganlar 14 avgustgacha to‘lov qilishi kerak

Bu haqda DTM xabar bermoqda. Belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmaganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga arizalarni qabul qilish yakunlangandan so‘ng ham qayta ariza yuborishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlarga test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys shakllantirildi.

Arizasi qabul qilingan talabgorlar transfer.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan invoysni yuklab olishlari va Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali 14 avgustga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi inobatga olinmaydi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilinganlar 14 avgustgacha to‘lov qilishi kerak | Zamon.uz