Jahon

Bankni o‘marishning antiqa usuli pand berdi

67 yoshli Alan Sletteri bankni o‘marishga qaror qildi, lekin xunuk husnixati tufayli  ilk rejasi chipakka chiqdi.

Bankni o‘marishning antiqa usuli pand berdi

 

 

Uning rejasi oddiy edi: bankka kirib, kassadagi qizga pul berish to‘g‘risida yozilgan qog‘oz parchasini uzatishi, uni o‘qigan qiz qo‘rqqanidan pul berishi, u esa pulni shu tarzda olib ketishi kerak edi. Nega u bunday yo‘lni tanladi? Chunki bank xodimlari bunday vaziyatda vahima ko‘tarolmas, o‘g‘ri  qurollangan bo‘lishi va kimgadir zarar yetkazishi mumkin, deb o‘ylashlari mumkin edi. Kuzatuv kameralaridan esa uni karantin qoidalari, aniqrog‘i, niqob himoya qila olardi. 


"Sizning to‘siqlaringiz mendagi narsani to‘xtatib qololmaydi. Shunchaki so‘raganimni bering, mijozlaringizni o‘ylang", — deb yozilgan edi qog‘ozda. Ammo bank kassiri bosqinchining yozuviga tushunmadi. Qog‘ozni olgan kassir undan: “ Kechirasiz, tushunmadim, bu nima deganingiz?”, — deb so‘raydi. Biroz noqulay  suhbatdan so‘ng Sletteri ortiga qaytib ketishga majbur bo‘ladi. 


Bank xodimlari yozuvni keyin o‘qishgan va polisiyaga xabar berishgan. 


Chol shu bilan taslim bo‘lmaydi:  ikkinchi bankka  borib, shu qog‘ozi bilan pul talab qiladi va 2,4 ming funt o‘marishga erishadi. Ammo uchinchi marta bu usuli pand beradi: bank xodimlari zudlik bilan polisiya chaqiradi. Buning natijasida keksa bosqinchi  olti  yilga yaqin umrini panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi.

 

Sharofat Mahmudova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bankni o‘marishning antiqa usuli pand berdi | Zamon.uz