Bugun O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni pasayadi va 30-35 daraja issiqni tashkil etadi.


Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-34 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 2021 yilning 13-16 avgust kunlarida respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.







