Hindistonda quloqchini portlashi oqibatida 28 yoshli erkak halok bo‘ldi
Hindistonda 28 yoshli Rakesh Nagar ismli erkak quloqchinning portlashi oqibatida vafot etdi.


Hodisa Rajastan shtatining Udaypuriya qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Bu haqda mahalliy “TV9Marathi“ nashri xabar bermoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea erkak o‘z uyida kompyuterda ishlayotganida ro‘y bergan.
Qarindoshlari uni zudlik bilan kasalxonaga olib ketdi, lekin ko‘rsatilgan yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash erkakning boshiga halokatli jarohat yetkazgan. Portlashga simsiz minigarnitura batareyasining haddan ziyod qizib ketgani sabab bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Voqea tafsilotlari va portlash sabablari aniqlanmoqda.
Nasiba To'xtayeva







