Misrda kobra toʻrt yoʻlovchi va haydovchini chaqib oʻldirdi
Misrda kobra toʻrt yoʻlovchi va haydovchini chaqib oʻldirdi.


Misr shimolida bir shahardan boshqasiga qutida olib ketilayotgan kobra yoʻlda undan chiqib ketdi va mashinadagi barcha odamlarni chaqib oʻldirdi. Kobra zahridan toʻrt yoʻlovchi va haydovchi halok boʻlgan. Bu haqda “Arab News“ xabar tarqatdi.
Maʼlum boʻlishicha, bir kishi mashina egasidan ushbu qutini Iskandariya shahridan Kafr ash-Shayxga yetkazib berishni soʻragan. Haydovchi rozi boʻldi va qutini bagajga joyladi.
Yoʻlda mashinaga bir oila aʼzolaridan iborat boʻlgan yana toʻrt kishi chiqadi. Yoʻlovchilar yukxonada kobra borligi haqida bilishganmi yoki yoʻq, nomaʼlum.
Yoʻl davomida ilon qutidan chiqib, yoʻlovchilar, jumladan, haydovchiga hujum qiladi.
Shundan soʻng, mikroavtobus beton devorga urilgan. Qochishga uringan kobrani yordamga kelganlar urib oʻldirgan.
Nasiba To'xtayeva







