O'zbekiston

Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev ko‘p yillar davomida sport gimnastikasi bilan shug‘ullanib, xalqaro miqyosda shuhrat qozongan ajoyib sportchimiz – Oksana Chusovitinaning xizmatlarini alohida hurmat bilan tilga oldi.

Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabi tashkil etiladi

 

 

Chusovitinaning ilk Olimpiadasi 1992 yilda Barselona shahrida o‘tgan. O‘shandan buyon u Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini uzluksiz va ketma-ket sakkiz marta qo‘lga kiritdi. Bu jahon sportida haqiqatdan betakror holat bo‘lib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

 

Oksana Aleksandrovnaning navbatdagi ishtiroki Tokio Olimpiadasining muhim voqeasi sifatida e'tirof etildi. Dunyo hamjamiyati Oksananing chiqishini katta zavq va hayajon bilan kuzatar ekan, Chusovitinaning matonatiga, o‘z ishiga bo‘lgan sadoqatiga tan berdi, dedi davlatimiz rahbari.

 

"Hayotini sportga, bunday yirik musobaqada muvaffaqiyatga erishishdek maqsadga bag‘ishlash uchun zo‘r iroda va fidoyilik kerak, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 

 

Bunday afsonaviy sportchimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Uning mardligi, g‘alabaga bo‘lgan qat'iy intilishi yosh sportchilarimiz uchun muvaffaqiyat va shuhrat qozonishning o‘ziga xos ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda", - dedi Prezident.

 

Davlatimiz rahbari ulkan xizmatlari uchun Oksana Chusovitinaga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berilganini ma'lum qildi.

 

Prezidentimiz Oksana Chusovitina murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli olib borib, sport gimnastikasi bo‘yicha yangi chempionlarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shishiga umid bildirdi.

 

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabini tashkil etish va ularning faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratishga topshiriq berildi.

 

"Hurmatli Oksana Aleksandrovna, Vatanimizga bo‘lgan mehringiz va sadoqatingiz, sportdagi fidoyiligingiz, bukilmas iroda va matonatingiz uchun sizga yana bir bor katta minnatdorchilik bildiraman", - dedi Prezidentimiz.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabi tashkil etiladi | Zamon.uz