O'zbekiston

O‘zbekistonning seysmologik atlasi tayyorlandi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan «O‘zbekiston Seysmologik atlasi» loyihalandi va tuzildi.

O‘zbekistonning seysmologik atlasi tayyorlandi

 

 

Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida kuzatilgan zilzilalarni kartografik jihatdan tasvirlash, zilzila jarayonlarini hozirgi tendensiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarini baholash, shuningdek mamlakatning seysmik xavfi yuqori bo‘lgan mintaqalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zilzilalarga qarshi ko‘riladigan chora-tadbirlarni rejalash maqsad qilingan.

 

«O‘zbekiston Seysmologik atlasi» 7 bobdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga 70dan ziyod xaritalarni mujassamlashtirgan. Atlasda zilzila jarayonlariga oid xaritalardan tashqari geologik, tektonik va boshqa mavzulardagi xaritalar ham o‘rin olgan.

 

«O‘zbekiston Seysmologik atlasi» Seysmologiya institutida turli yillarda faoliyat ko‘rsatgan va hozirda o‘z faoliyatlarini olib borayotgan olimlarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari natijalari asosida tayyorlandi. 

 

Bildirilishicha, mazkur atlasdan nafaqat geologiya, seysmologiya yo‘nalishi mutaxassislari, umuman Yer haqidagi fanlar bilan bog‘liq yo‘nalishlarda tahsil olayotgan magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar, professor o‘qituvchilar va qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonning seysmologik atlasi tayyorlandi | Zamon.uz