Qirg‘izistonda erkak rus tilida gapirgani uchun savdo markazi xodimiga tahdid qildi
Qirg‘izistonda rus tilida gapirgani uchun savdo markazi xodimiga hujum qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.


Voqea ikkinchi avgust kuni Bishkekda yuz bergan. Savdo markazida mast mijoz xodimdan u bilan faqat qirg‘iz tilida gaplashishni talab qilgan. So‘ngra haqorat qilib, unga kalkulyatorni otgan.
Hozirda u qamoqqa olinib, “bezorilik” moddasi bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ushbu fuqaroga Rossiyaga 10 yilga kirishni taqiqladi.







