Yevropa Ittifoqi va Germaniya Afgʻonistonni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan voz kechmoqchi
Agar mamlakat “Tolibon” radikal harakati nazoratiga oʻtsa, Yevropa Ittifoqi va Germaniya Afgʻonistonni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatadi, deb yozadi “Deutsche Welle”.

Germaniya afgʻon hukumatiga har yili 430 million yevro yordam beradi.
“Agar “Tolibon” Afgʻonistonni butunlay bosib olsa, u yerda shariat qonunlari joriy etilib, mamlakat xalifalikka aylansa, biz boshqa pul bermaymiz“, — deydi Germaniya Tashqi ishlar vaziri.
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel agar ”Tolibon“ tinchlik va inklyuziv kelishuvga erishmasa, barcha afgʻonlar, jumladan, ayollar va yoshlar huquqlarini hurmat qilmasa, moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortishini bildirdi.
Shuningdek, jangarilarga Gʻarb davlatlari tomonidan tan olinmasligi va qoʻllab-quvvatlanmasligi bilan tahdid qilinmoqda.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Germaniya, Kanada tashqi ishlar vazirlari va NATO Bosh kotibi bilan Afgʻoniston boʻyicha muzokara oʻtkazdi.
Vashington “Tolibon” hujumi xavfi tufayli Afgʻoniston poytaxtidagi oʻz fuqarolari sonini kamaytiradi.
Eslatib oʻtamiz, ”Tolibon" Afgʻonistonning oʻndan ortiq viloyat markazlari, jumladan, Qandahor va Hirot kabi yirik shaharlarni egallab oldi.
Nasiba To'xtayeva







