AQSH Afg‘onistonga 3 mingga yaqin qo‘shin kiritadi
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afg‘onistonga qo‘shimcha vaqtinchalik kuchlarni yuborishni buyurdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi Amerika elchixonasini evakuatsiya qilish doirasida AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bu jarayonning “xavfsizligini taʼminlash uchun qo‘shimcha vaqtinchalik kuchlarni yuborishni” buyurgan. Uning taʼkidlashicha, bu maqsadlar uchun yaqin 48 soat ichida Afg‘onistonga “uchta batalon” – 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi yuboriladi.
Uning ishontirib aytishicha, Afg‘onistonga AQSHning qo‘shimcha kuchlarini joylashtirish vaqtinchalik bo‘ladi.
“Mudofaa vaziri Pentagonga AQSH fuqarolari va sheriklarining xavfsizlik imkoniyatlarini taʼminlash uchun kuchlarni vaqtincha joylashtirishni buyurdi. Bu yaqin vaqt uchun vaqtinchalik missiya”, – deya qo‘shimcha qildi Kirbi.
Tinch fuqarolarni olib chiqish 31 avgustgacha yakunlanishi kerak. Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Tolibon hujumiga qaramay, Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish haqidagi qarorni o‘zgartirmoqchi emasligi haqida xabar berilgan edi.
Bu orada Tolibon Afg‘onistonning o‘ndan ortiq viloyat markazlarini, jumladan, mamlakatning eng yirik shaharlari Qandahor va Hirotni egallab oldi.







