Kanada 20 ming afg‘on qochqinlarini qabul qiladi
Kanada rasmiylari “Tolibon” harakati hokimiyatni egallab olish paytida xavf ostida qolgan 20 ming afg‘on qochqinlarini qabul qilishga tayyor. Bu haqda Kanada immigratsiya, qochoqlar va fuqarolik ishlari vaziri Marko Mendisino ma'lum qildi.


Afg‘onistonda, ayniqsa, rasmiy lavozimlarda ishlagan ayollar, davlat xizmatchilari, tarjimonlar, Amerika va boshqa G‘arb davlatlari bilan hamkorlik qilganlar katta xavf ostida qolmoqda.
Vazirning aytishicha, bu borada harakat allaqachon boshlangan, qochqinlar o‘tirgan samolyotning birinchisi Torontoga qo‘ngan.
Kanada ham AQSh singari Afg‘onistondagi elchixonasini evakuasiya qilish uchun u yerga qo‘shin yuboradi.
Nasiba To'xtayeva







