Obama yubileyidan so‘ng orolda koronavirusning yangi alangasi paydo bo‘ldi
AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning tug‘ilgan kun bazmi Martas-Vin'ard orolida koronavirusning yangi alangasini keltirib chiqardi.


“Daily Mail” nashri ma'lumotiga ko‘ra, bazmdan so‘ng orolda koronavirusga chalinish rekord darajaga yetgan. 74 kishida koronavirus testi ijobiy natija bergan.
Lekin rasmiylar kasallik ko‘payishiga sobiq prezidentning tug‘ilgan kuni sabab bo‘ldi, deb xulosa chiqarishga hali erta ekanini aytishmoqda.
Bundan avval Barak Obamaning tug‘ilgan kunida ishtirok etganlar ommaviy tarzda barcha foto va videotasvirlarni ijtimoiy tarmoqlardan o‘chirgani haqida xabar bergan edik. Bunga mehmonlar va tug‘ilgan kun egasining niqob taqish talabini bajarmagani sabab bo‘lgani aytilgandi.
Obama bazmga dastlab 1000 nafar mehmon chaqirmoqchi edi, ammo shov-shuv va tanqidlardan so‘ng 475 nafar kishi bilan cheklandi.
Sharofat Mahmudova







