Jahon

AQSH o‘z elchixonasini evakuatsiya qilish uchun Afg‘onistonga 5 ming harbiy yuboradi

Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z fuqarolarini Afg‘onistondan xavfsiz evakuatsiya qilish uchun ushbu mamlakatga 5 mingga yaqin harbiy xizmatchi yuboradi.

AQSH o‘z elchixonasini evakuatsiya qilish uchun Afg‘onistonga 5 ming harbiy yuboradi

 

Bu haqda AQSH prezidenti Jo Baydenning 14 avgust, shanba kuni eʼlon qilingan bayonotida so‘z boradi.

«Diplomatik, harbiy va razvedka jamoalarimizning tavsiyalaridan kelib chiqib, men AQSH va boshqa hamkorlarimizning xodimlarini tartibli va xavfsiz olib chiqib ketilishi taʼminlash, shuningdek, missiyamiz davomida bizning qo‘shinlarimizga yordam bergan afg‘onlarni hamda ‘Tolibon‘ bosqini oqibatida alohida tahdid ostida qolishi mumkin bo‘lganlarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun 5 mingga yaqirn AQSH harbiy xizmatchilarini joylashtirishga ruxsat berdim», — deyiladi bayonotda.

Oq uy rahbari AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenga Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va afg‘onistonlik boshqa yetakchilarning «kelgusi qon to‘kilishining oldini olish va siyosiy tartibga solishga erishish yo‘lidagi intilishlari»ni qo‘llab-quvvatlash haqida ko‘rsatma bergan.

«Biz ‘Tolibonʼning Dohadagi vakillariga harbiy qo‘mondon orqali ularning Afg‘onistondagi AQSH xodimlari yoki missiyasini xavf ostida qoldiradigan har qanday harakatiga tezkor va kuchli harbiy javob bo‘lishini bildirdik», — deya taʼkidlagan Jo Bayden.

U o‘z bayonotida qo‘shimcha qilishicha, «toki afg‘on harbiylari mamlakatni ushlab turolmas ekan, AQSHning yana bir yil yoki besh yil Afg‘onistonda qolishi vaziyatni o‘zgartirmas edi». «Amerikaning boshqa mamlakatdagi fuqaroviy nizo markazida cheksiz muddat turib qolishi men uchun nomaqbul hol edi», — degan Oq uy rahbari.

«Men Amerikaning Afg‘onistondagi harbiy ishtirokiga rahbarlik qilgan to‘rtinchi prezident bo‘ldim... Men bu urushni beshinchi prezident zimmasiga o‘tkazmagan bo‘lardim va o‘tkazmayman ham», — deya qayd etib o‘tgan Bayden. Uning qo‘shimcha qilishicha, qurolli kuchlar va razvedkaga «kelgusida Afg‘onistondan bo‘ladigan terrorchilik xurujlariga qarshi turish uchun shaylik va hushyorlikni saqlash» haqida buyruq bergan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH o‘z elchixonasini evakuatsiya qilish uchun Afg‘onistonga 5 ming harbiy yuboradi | Zamon.uz