Ashraf Gʻani Afg‘onistondan chiqarilmayapti
Afg‘oniston prezidenti xukumatni Tolibonlarga tinch yo‘l bilan topshirmoqda.

Qobul aeroportidan ma’lum bo‘lishicha, Afg‘oniston hukumatidagi bir qancha rasmiylar, jumladan prezident Ashraf Gʻani, vazirlar, yuristlar va davlat maslahatchilari ayni vaqtda mamlakatdan chiqib ketish uchun navbat kutishmoqda.
Ular Afg‘oniston hukumatini “Tolibon” qo‘liga topshirib, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston yoki Yevropaning ma’lum bir davlatlaridan biriga uchib ketishlari mumkin. Sobiq afg‘on hukumati vakillarining samolyotiga uchish bo‘yicha ruxsat berilmayapti. Buning sababi esa noma’lum.







