Jahon

Ashraf G‘ani: U haqda nimalarni bilamiz?

Gilzay pushtun qabilalari uyushmasiga kiruvchi Ahmadzay qabilasiga mansub bo‘lgan Ashraf G‘ani 1949-yil 12-fevral kuni Kobul janubida joylashgan Log‘ar viloyatidagi qishloqlardan birida, boy pushtunlar oilasida dunyoga kelgan.

Ashraf G‘ani: U haqda nimalarni bilamiz?

U Log‘ar va qo‘shni viloyatlarda katta yer uchastkalariga ega bo‘lgan mulkdor farzandi edi.

Qiziq jihati shundaki, Afg‘onistonning Ashraf G‘anidan avvalgi prezidenti Muhammad Najibulloh ham shu qabilaga mansub bo‘lgan.

Dastlab u huquqshunoslik bo‘yicha taʼlim olgan, lekin keyinchalik o‘z mutaxassisligini ijtimoiy-madaniy antropologiyaga o‘zgartirgan.

Taʼlim olish jarayonida ko‘plab xorijiy davlat universitetlarida tahsil olgan Ashraf 1977-yilda magistr, 1983-yilda fan nomzodi, shuningdek, antropologiya fanlari nomzodi unvonlarini qo‘lgan kiritgan.

Bu vaqtlarda 1979-yilda boshlangan fuqarolar urushi Sovet Ittifoqi tarafdorlari bo‘lgan Afg‘oniston Respublikasida hanuz davom etayotgan edi. 1988-yilda Ashraf G‘ani Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishini qo‘llab -quvvatlagan. U 11-sentyabr xurujlari paytida Vashingtondagi Jahon bankida ishlagan va bu fojiani afg‘on siyosatiga qayta qo‘shilish uchun tramplin sifatida ishlatgan, voqeadan bir necha oy o‘tib o‘z vataniga qaytgan.

 

Ashraf G‘anining siyosiy faoliyati

 

  • 2001-yil oktyabr oyida BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Laxdar Braximining maslahatchisi etib tayinlandi;

  • 2001-yil dekabr oyida u Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzayning moliyaviy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi lavozimini egalladi;

  • U BMTning Afg‘onistonga gumanitar yordamni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan;

  • 2002-yil iyunidan 2004-yil dekabrigacha u Hamid Karzay boshchiligidagi o‘tish davri hukumatining kabinetida moliya vaziri bo‘lib ishlagan;

  • 2003-yilda Rivojlanayotgan bozorlar savdogarlar assotsiatsiyasi tomonidan Osiyoning eng yaxshi moliya vaziri deb topilgan;

  • 2004-yilgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng, u saylangan hukumatga kirmadi va Kobul davlat universiteti rektori etib tayinlandi;

  • 2006-yilda Ahmadzay Afg‘oniston tomonidan rasman Kofi Annan o‘rniga BMT Bosh kotibi lavozimiga ko‘rsatildi. Biroq, u bo‘lajak BMT bosh kotibi Pan Gi Munga yutqazdi;

  • U 2009-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashgan va 3% ga yaqin ovoz to‘plagan;

  • 2011-yildan 2013-yilgacha u Afg‘oniston o‘tish davrini muvofiqlashtirish komissiyasini boshqargan;

  • 2013-yil 6-oktyabrda Afg‘onistondagi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ro‘yxatga olingan;

  • Davlat samaradorligi instituti asoschisi va raisi hisoblanadi;

  • Ashraf G‘ani Ahmadzay Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kambag‘allarning huquqlarini mustahkamlash bo‘yicha yuqori darajali komissiyasi, Brukings global xavfsizlik instituti, Atlantika kengashi va Amerika advokatlar assotsiatsiyasi maslahat kengashlarida ishlaydi;

  • "Vorld Justise Projest" nodavlat inson huquqlari tashkiloti direktorlaridan biri;

  • U AQSHning Skranton universiteti va Kanadadagi Gelf universiteti faxriy doktori;

  • 2008-yilda u Tufts universiteti doktori Jan Mayer nomidagi Global fuqarolik mukofotiga sazovor bo‘ldi;

  • 2013-yilda u Britaniyaning Prospest nashri tomonidan dunyoning 100 ta eng yaxshi mutafakkirlari (Vorld Thinkers 2013) reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi;

  • Muvaffaqiyatsiz davlatlarni tuzatish kitobining muallifi;

  • U 2014-yil 21-sentyabrda Afg‘oniston prezidenti etib saylandi.; 2019-yil sentyabr oyida o‘tkazilgan saylovlarda ham ovozlar soni jihatidan raqiblarini yutib chiqdi;

2021-yil Afg‘oniston Tolibon harakatining kuchayishi va mamlakatning 85 % hududi va bir nechta asosiy shaharlarining qo‘lga kiritilishi ortidan Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 14 avgustda esa Ashraf G‘ani hatto isteʼfoga chiqish haqida ariza yozgani maʼlum bo‘ldi.

Oxir-oqibat bugun, 15-avgust sanasida, yetti yillik prezidentlik faoliyatidan so‘ng, o‘z vakolatlarini Tolibon hukumatiga topshirganligi  va isteʼfoga chiqqani haqida maʼlumot berildi.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Ashraf G‘ani: U haqda nimalarni bilamiz? | Zamon.uz