Jahon

Gaitida 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Kamida 304 kishi halok bo‘lgan

Gaitida 14 avgust, shanba kuni 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning ketidan ketma-ket aftershoklar, xususan, 5,2 magnitudali takroriy yerosti silkinishlari kuzatilgan.

Gaitida 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Kamida 304 kishi halok bo‘lgan

Zilzila Gaiti janubi-g‘arbidagi Sen-Lui-dyu-Syud shahri yaqinida yuz bergan. Uning epitsentri 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani aytilmoqda. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, ofat oqibatida kamida 304 kishi halok bo‘lgan, 1,8 mingdan ortiq tan jarohati olgan; bedarak yo‘qolganlarning aniq soni maʼlum emas, qurbonlar soni ortishi mumkin.

AQSH Geologiya xizmati shanba kuni yuz bergan yerosti silkinishlarini “qizil” daraja bilan baholagan — bu daraja zilzilaning «jiddiy insoniy yo‘qotishlar» va sezilarli talofatlar keltirib chiqarishi mumkinligini bildiradi.

AQSH Okeanlar va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi Gaitidagi zilziladan so‘ng sunami yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan, biroq keyinroq sunami xavfi bekor qilingan.

 

 

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"