Jahon

Afg’oniston Islom Respublikasi endi yo’q

Afg’on xalqining ziyoli va oydin qatlami bugun vatan va jon qayg’usida.

Afg’oniston Islom Respublikasi endi yo’q

 

Ular qo’rqqan voqea oxir-oqibat sodir bo’ldi: mamlakat yana “Tolibon” qo’liga qaytdi. Hukumat lashkarlari va qurollari ham son, ham sifat jihatdan ko’pligiga qaramay, butun mamlakat va hatto poytaxt Kobulni ham deyarli jangsiz topshirdi. Amaldorlar esa to’plagan boyliklarini olib, chet elga qochib ketdi.

Bu voqealarning barchasi favqulodda tez, G’arb o’z qo’shinlarini olib chiqib ketishni boshlaganidan keyingi uch yarim oy ichida ro’y berdi. Toliblar o’z davlatini Afg’oniston Islom Amirligi deb ataydi. Bu amirlik 1996-yildan 2001-yilgacha ham hukm surgan. 2001-yilda, AQSHdagi 11-sentabr teraktlaridan keyin Amerika terrorga qarshi urush ochib, “Tolibon” hokimiyatini qulatgandi.

AQSH Afg’onistondan ketishi bilanoq toliblar darhol Afg’onistonni qaytarib oldi. 20 yillik urushga Amerika 2 trillion dollar sarfladi. 6 ming amerikalik halok bo’ldi. Afg’onlar orasidagi qurbonlar esa yuz mingdan ortiq va bu o’limlar yillar davomida toliblar uyushtirib kelgan sanoqsiz teraktlar bilan bog’liq.

“Tolibon” 43 yillik afg’on urushiga yakun yasay oladimi? Ular zo’rlik bilan erishgan hokimiyatni xalq tan oladimi? Boshqa davlatlar-chi? Mamlakat yana terrorizm o’chog’iga aylanib, global tinchlikka rahna bo’lib qolmaydimi? Rasmiy hukumatga xayrixoh bo'lgan va u bilan hamkorlik qilgan minglab afg'onlar qatag'on qilinadimi? Toliblar saltanatidagi yakdillik va vertikal boshqaruv mustahkammi, ichki bo’linishlar va boshboshdoqlik ro’y bermaydimi? Ular zamonaviy siyosiy institutlar va bank tizimisiz rivojlanishga qanday erishmoqchi? Eng muhimi, “Tolibon” rahbarlarining asl maqsadi qudratni egallab, boylik orttirishmi yoki shu qudrat yordamida xalqqa taraqqiyot va ro’shnolik keltirish? Bu savollarga javoblarni vaqt ko’rsatadi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Afg’oniston Islom Respublikasi endi yo’q | Zamon.uz