Afg‘oniston telekanallari “Tolibon” harakati faoliyati haqidagi xabarlarni bera boshladi
Afg‘onistondagi telekanallar faqat Qurʼon o‘qish va “Tolibon” harakati faoliyati haqidagi xabarlarni bera boshladi. Bu haqda 16 avgust, dushanba kuni “RIA Novosti” xabar berdi.

Teleko‘rsatuvlarni translyatsiya qilish butunlay to‘xtatildi. Faqat bitta telekanal tarixiy va hujjatli filmlar ko‘rsatishni davom ettirmoqda. Ilgari bu vaqtda turli ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilardi.
Bundan tashqari, toliblar Kobuldagi telekompaniya majmuasiga kirib, “TOLO news” yangiliklar telekanalini o‘z nazoratiga oldi.
"Jangarilar xavfsizlik xodimlaridan hukumat bergan qurollarni tortib olib, kompleks xavfsizlikni taʼminlash vazifasi belgilandi", — deyiladi xabarda.
Avvalroq “Tolibon” Afg‘onistonni islomiy amirlik deb eʼlon qilgani haqida xabar bergan edik.
Nasiba To‘xtayeva







