Jahon

“Bugun oxirgi ish kunim ekanligini bilardim” — afg‘on ayoli Tolibon haqida

Yakshanba kuni erta tongda universitetga darsga ketayotgan edim.

“Bugun oxirgi ish kunim ekanligini bilardim” — afg‘on ayoli Tolibon haqida

 

Yotoqxonadan bir guruh ayollar qochib chiqdi. Men ulardan nima bo‘lganini so‘radim. Politsiya ularni evakuatsiya qilayotgan ekan. Chunki Tolibon Kobulga kelgan, ular burkasiz (hijob) ayollarni kaltaklashar edi.

 

Hammamiz uyga qayta boshladik, lekin jamoat transportidan foydalana olmadik. Haydovchilar bizni mashinalarida olib ketishni xohlamadi. Sababi ular ayolni tashish uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olmaydi. Bu, ayniqsa, yotoqxonadagi, Kobul tashqarisidan kelgan ayollar uchun juda qiyin edi. Ular qayerga borishni, qayerdan boshpana topishni bilmasdi

.

Atrofda turgan erkaklar bizdagi qo‘rquvni ko‘rib, ochiq-oydin masxara qilardi. Erkaklar “Borib, chodirni kiyinglar”, deb baqirardi. “Endi boshqa ko‘chada yurmaysiz”, dedi boshqasi. Yana biri “Men endi birdaniga to‘rttangizga uylanaman”, deb kulardi.

 

Hukumat idoralari yopilgach, singlim uyga so‘lg‘in kirib keldi. “Menga to‘rt yil xizmat qilgan kompyuterimni butkul o‘chirdim. Ish stolimni ko‘z yoshlarimni to‘kib tark etdim, hamkasblarim bilan xayrlashdim. Chunki bugun  oxirgi ish kunim ekanligini bilardim”.

 

Men Afg‘onistondagi ikkita eng yaxshi universitetni bir vaqtning o‘zida tugatmoqchi edim. Shu yilning noyabrida Afg‘oniston-Amerika hamda Kobul universitetini tamomlardim.

 

Men bu darajaga yetish uchun kunu tun ishladim. Lekin ertalab uyga yetib kelganimizda, singillarim bilan, birinchi navbatda, guvohnoma, diplom va sertifikatlarimizni yashirdik. Chunki bu biz uchun juda xavfli. Qiziq, nega biz faxrlanadigan narsalarni yashirishimiz kerak? Afg‘onistonda hozir bizni odam o‘rnida ko‘rishmaydi.

 

O‘zimni ayol sifatida erkaklar boshlagan siyosiy urush qurboni kabi his qilyapman. Men endi baland ovozda kulish,  yoqtirgan qo‘shiqlarimni tinglash, do‘stlarimni o‘zimizning sevimli kafeda uchratish,  yoqtirgan sariq ko‘ylagimni kiyish yoki pushti lab bo‘yog‘ini ishlatishni sog‘inaman. Men endi  ishimga borolmayman, yillar davomida ishlagan universitetimni tugata olmayman.

 

Manikyurni yaxshi ko‘rardim. Bugun uyga ketayotib, manikyur uchun boradigan go‘zallik saloniga qaradim. Qizlarning chiroyli suratlari bilan bezatilgan do‘konning old tomoni bir kechada oqlanibdi.

 

Atrofimda ayollarning faqat qo‘rqinchli yuzlari va ulardan nafratlanadigan, taʼlim olishi, ishlashi va erkinlikka ega bo‘lishini yoqtirmaydigan erkaklarning chirkin yuzlarini ko‘ryapman. Men uchun eng dahshatli narsa, baxtli ayollarni masxara qiladiganlar edi.

 

Afg‘onistonlik ayollar ozgina erkinlik uchun juda ko‘p qurbonlik berishdi. Bolaligimda faqat bilim olish uchun gilam to‘qirdim. O‘sha paytda ham moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldim. Lekin kelajagim uchun ko‘p rejalarim bor edi. Hammasi bunday tugashini kutmagan edim.

 

Hayotimning 24 yilida erishgan hamma narsani “yoqish”imga to‘g‘ri keladi. Amerika universitetining har qanday guvohnomasi yoki mukofotiga ega bo‘lish hozir xavfli: ularni saqlasak ham foydalana olmaymiz. Endi Afg‘onistonda biz uchun ish yo‘q.

 

Singillarim bilan onamning Tolibon davridagi ayollarga bo‘lgan munosabat haqida aytib bergan hikoyalarini eslab, tun bo‘yi uxlay olmadik. Men yana barcha huquqlarimizdan mahrum bo‘lishni va 20 yil avvalgi hayotga qaytishni kutmagan edim. Bizning huquq va erkinligimiz uchun 20 yil kurashganimizdan so‘ng, burqalarni kiyib, kimligimizni yashirishimiz kerak.

 

So‘nggi oylarda Tolibon viloyatlarda nazoratni qo‘lga kiritishi asnosida yuzlab odamlar uylarini tashlab, qizlar va xotinlarini qutqarish uchun Kobulga kelishdi. Ularga pul, oziq-ovqat va boshqa zarur narsalarda yordam berishga harakat qildim.

 

Baʼzi oilalar boshdan kechirgan hikoyalarni eshitib, ko‘z yoshlarimni to‘xtata olmadim. Ulardan biri urushda o‘g‘lini yo‘qotgan. Kobulga boradigan taksiga puli yetmagani uchun kelinini yo‘l kira evaziga bergan. Bir ayolning qiymati qanday qilib yo‘l kiraga teng bo‘lishi mumkin?

 

Bugun Tolibon Kobulga yetib kelganini eshitib, o‘zimni yana qulga aylanayotganimni his qildim. Endi ular mening hayotim bilan xohlagan tarzda o‘ynashi mumkin.

 

Ingliz tilidagi taʼlim markazida o‘qituvchi bo‘lib ishlardim. Endi o‘z sinfim oldida turolmayman, ularga ABC qo‘shiqlarini kuylashni o‘rgata olmayman. Mening chiroyli qizaloq o‘quvchilarim o‘qishni to‘xtatib, o‘z uylarida qolishlarini o‘ylasam, ko‘z yoshimni to‘xtata olmayman.

 

Tolibon vakillarining aytishicha, “ayollar taʼlim olishlari va ishlashlari mumkin bo‘ladi, jurnalistlar bo‘layotgan voqealarni tanqid qilishlari mumkin”. Tolibon matbuot kotibi Suhal Shohin  ayollarning hijob bilan uylaridan hamrohsiz chiqishiga ruxsat beriladi, deb bayonot berdi.

 

 

Akram Xamraqulov 

Maqola OAV maʼlumotlariga asosan tayyorlandi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Bugun oxirgi ish kunim ekanligini bilardim” — afg‘on ayoli Tolibon haqida | Zamon.uz