Buyuk Britaniya mudofaa vaziri efir vaqtida yig‘lab yubordi
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri efir vaqtida yig‘lab yubordi. Bu haqda “The Independent” maʼlum qildi.

Ben Uolles Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirib turib yig‘lab yuborgan. Vazir hukumat Britaniya fuqarolari hamda Afg‘onistonda ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarning barchasini evakuatsiya qila olmasligini tan olgan. “Baʼzi insonlar qayta olmaydi. Britaniya va boshqa davlatlar qolib ketganlarga yordam berishlari lozim.” — deb aytgan Uolles.
Buyuk Britaniya hozirda Afg‘onistonda “Pitting” qutqaruv operatsiyasini olib bormoqda. Unda 600 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etayapti. Hukumat 4000 ga yaqin kishini evakuatsiya qilishni maqsad qilgan. Keyingi 24 soat ichida 1 yarim ming kishini Afg‘onistondan olib chiqish rejalashtirilgan.
Bundan avval Ben Uolles Afg‘onistondagi vaziyat tufayli qo‘shni davlatlarga migrantlar oqimi ko‘payishini maʼlum qilgan edi .
Jahongir Qo'ziyev







