Dubayda uyg‘urlar uchun Xitoyning maxfiy qamoqxonasi bo‘lishi mumkin
Dubayda uyg‘urlar uchun Xitoyning maxfiy qamoqxonasi bo‘lishi mumkin.


Xitoylik 26 yoshli ayol Vu Huan 8 kun Xitoyning Dubaydagi maxfiy qamoqxonasida saqlangan, deb yozmoqda Associated Press. Unga ko‘ra, ayol bilan yana 2 nafar uyg‘ur ham bo‘lgan.
Vu turmush o‘rtog‘i muxolifat vakili deb gumon qilingani uchun qochishga majbur bo‘lgan. Ayolni qamoqxonaga aylantirilgan villaga olib borib, so‘roq qilishgan.
Xitoyning "black sites" deya ataluvchi maxfiy makonlari borligi haqida taxminlar bor. U yerda Xitoy korrupsiyada gumon qilinganlar, muxolifat vakillari yoki uyg‘urlarni saqlashi mumkin. Vuning ko‘rsatmalari "black sites" haqida ilk dalil bo‘lishi mumkin. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ayolning gaplarini inkor qilgan.







