Jahon

Indoneziyadagi robot koronavirusga chalingan bemorning uyiga kirishdan qo‘rqadi

Indoneziyada qishloq aholisi tomonidan yasalgan robot koronavirusga chalingan hamda karantinda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan bemorlarga ko‘maklashmoqda. Bu haqda “bigasia.ru” sayti xabar berdi.

Indoneziyadagi robot koronavirusga chalingan bemorning uyiga kirishdan qo‘rqadi

 

 

 

"Reyter" agentligining maʼlumotlariga qaraganda, mazkur robot masofadan turib boshqariladi. U uy-ro‘zg‘or buyumlaridan yasalgan.

 

Indoneziyada COVID-19'ning “Delta” shtammi keng tarqalganidan keyin mazkur robot “Delta-robot” deb nomlandi.

 

“Delta shtammi bilan kasallanish ko‘rsatkichi oshishi bilan robotni jamoat ishlari uchun foydalanishga qaror qildim. Robot dezinfeksiya vositalari purkash, karantinda o‘tirganlarga ovqat yetkazish va boshqa masalalarda ko‘maklashmoqda”, — deydi loyiha rahbari Aseyanto.

 

Robotga mikrofon o‘rnatilgan bo‘lib, karantinda o‘tirgan bemorning uyiga mustaqil ravishda bora oladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Zelandiyada ozishga yordam beradigan dunyodagi ilk qurilma  hamda chivin chaqishidan himoya qiladigan kiyim yaratilgani haqida xabar berilgandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Indoneziyadagi robot koronavirusga chalingan bemorning uyiga kirishdan qo‘rqadi | Zamon.uz