O'zbekiston

Ippologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi

Prezident tomonidan “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Ippologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi

 

 

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzuridagi Naslli, sport va tozaqonli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tarkibida Ippologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi. U otlarning anatomiyasi, fiziologiyasi, ko‘paytirish biologiyasi, zotlarni o‘zgartirish va boshqa masalalarni ilmiy tomonidan o‘rganuvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy tashkilot hisoblanadi.

 

Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.

 

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab har yili anʼanaviy tarzda:

  • ot sportining ot yo‘rttirish turi bo‘yicha Toshkent viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlari;

  • zamonaviy beshkurash bo‘yicha Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, “Tashkent Open”, “Central Asian Cup”, ushbu sport turining lazer-ran yo‘nalishi bo‘yicha “Central Asian Championship” xalqaro turnirlari;

  • polo bo‘yicha Toshkent viloyatida “Amirsoy-Polo Cup”, Qashqadaryo viloyatida “Kok-Saray Cup”, Toshkent shahrida “Tashkent Open” xalqaro turnirlari tashkil qilinadi.

 

2022 yil 1 sentyabrga qadar:

  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi;

  • “O‘zsanoatqurilishmateriallari” AJning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 o‘rinli zamonaviy otxona binosi va ochiq sport maneji barpo etiladi;

  • “O‘zbekneftgaz” AJning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida sportchilarning shug‘ullanishi, yashashi uchun sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy 2 qavatli binoni qurib foydalanishga topshiriladi hamda ushbu binoga tekin foydalanish huquqi asosida O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi joylashtiriladi.

 

Ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport kiyimlari, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, vitaminlar, veterinariya dori vositalari, uskunalar va materiallar, otlarni tashishga mo‘ljallangan yangi maxsus avtotransport (konevoz) vositalari va tirkamalar, lazerli to‘pponcha va nishonlar, polo tayog‘i 2024 yil 1 iyulga qadar bojxona bojidan ozod etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ippologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi | Zamon.uz