Jahon

Jahonning eng peshqadam neft va gaz kompaniyalari

Hech kimga sir emas-ki, 2020 yil pandemiya sababli juda og‘ir yil bo‘ldi.

Jahonning eng peshqadam neft va gaz kompaniyalari

 

Pandemiya sababidan turli sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘pgina kompaniyalar inqrozga uchradi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning va kompaniyalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar sonining kamayishiga olib keldi. Lekin pandemiya sharoitida ham sohada yetakchilikni qo‘lga olgan kompaniyalar mavjud. Lekin shunday bo‘lsa-da, yer yuzida qora oltin va tabiiy gazga bo‘lgan talab passaygani yo‘q. Soha mutaxassislar va Forbes jurnalining xulosasiga ko‘ra, Pandemiya paytida (2020 yil) eng muvaffaqiyatli va yetakchilik qilgan kompaniyalar top oltitaligini e’lon qilindi.

 

Reytingning eng yuqori pog‘onasini shtab kvartirasi XXR (Xitoy Xalq Respublikasi) da joylashag ikki kompaniya band etgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni Saudlar, Yevropaliklar keyin esa Amerikaliklar egallashgan.

 

Demak, endi bu kompaniyalarni bir-bir tanishtirib o‘tsam.

 

Reytingning birinchi pog‘onasini Xitoyning Sinopec (China Petroleum & Chemical Corp) kompaniyasi egallaydi. Uning daromadi 407 milliard dollarni, sof foydasi esa 5,1 milliard dollarni tashkil etdi (42 foizga kamaygan).

 

 

Ushbu kompaniya sohadagi eng yosh kompaniya bo‘lib, 2000 yilda tashkil etilgan.

 

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Osiyoning bu vakilining jahon bozorda o'z ustunligini saqlab qolish juda qiyin kechyapdi. Sinopec kompaniyasining yuqori menejmenti Xitoy 2025 yilga kelib neftni qayta ishlash quvvati kuniga taxminan 20 million barrel bo'lgan dunyodagi eng yirik energiya markaziga aylanishiga ishonadi.

 

Reytingning ikkinchi pog‘onasida esa XXR yana bitta vakili- bu mamlakatning eng yirik neft va gaz kompaniyasi PetroChina egallab turibdi. Uning daromadi - 296,3 milliard dollar, sof daromadi - 2,9 milliard dollarni tashkil etgan. Bozor kapitallashuvi - 111,4 milliard dollar.

 

Korporatsiya rahbariyati kelgusi besh yil mobaynida, yer osti boyliklarini qazib olish uchun ajratilgan kapital xarajatlar rejasini e'lon qildi. Ularning hajmi esa, 239 milliard yuan (37 milliard dollar)ni tashkil etmoqda. Bu dunyodagi eng yuqori ko'rsatkich.

 

Dunyo miqyosida faqat Apple bilan raqobatlasha oladigan eng qimmatbaho korporatsiya uchinchi o'rinda. Ha bu o‘sha siz bilgan, kapitalizatsiyasi 1,9 trillion dollarga, daromadlari 286,9 milliard dollarga, sof foydasi esa 64,5 milliard dollarga teng bo'lgan Saudi Aramco kompaniyasidir.

 

 

181,5 milliard dollar sof daromad bilan to'rtinchi o'rinda AQShning Exxon Mobil kompaniyasi turibdi. U, G'arb profil kompaniyalarining aksariyati singari, o'tgan yilning oxirida katta zarar ko'rdi.

 

Gap shundaki, muqobil energiyaga o'tish tarafdorlari, er osti boyliklarini qazib olishda va qayta ishlashda kompaniya atrof-muhitga katta zarar keltirayotganligi haqida yolg‘on, soxta ma’lumotlar tarqatayotganligi oqibatida kompaniya ancha zarar ko‘rmoqda Oq uyning so'nggi tendentsiyalariga qaraganda, AQSh hukumati ham eko-faollar tarafida bo'lmoqchi. Ya'ni, Saudi Aramco bozorga chiqqunga qadar kapitallashuvi sohadagi eng yirik kapitalizatsiya bo'lgan Exxon Mobil endilikda yer osti boyliklarini qazib olish va ularni qayta ishlashda atrof muhitga tashlanayotgan gazlarni oldini lish uchun, qazib olish hamda, qayta ishlashni bosqichma -bosqich kamaytirishga to'g'ri keladi. Bu esa albatta, avtomatik ravishda daromadlar va aktsiyalar narxining pasayishiga olib keladi. Oq uy ma’muriyati bu kamomadlarni oldini olish uchun ko‘proq muqobil energiya samaradorligini oshirishni talab qilmoqda.

 

Beshinchi o'rin esa Gollandiyada joylashgan Royal Dutch Shell (180,5 milliard dollar) kompaniyasiga tegishli. 2020 yilning oxirida kompaniya 21,7 milliard dollar zarar ko'rdi.

 

Qit'adagi hamkasblaridan farqli o'laroq, reytingning oltinchi pag‘onasini egallab turgan, Britaniyaning BP kompaniyasi (daromadi - 180,4 milliard dollar, zarar - 20,3 milliard dollar) bo‘ladi.

 

 

Kompaniya vaqti-vaqti bilan OAVda, yer osti boyliklarini qazib olishda “o‘yindan chiqishini” aytib kelsa-da, yaqinda Meksika ko'rfazining g'arbiy qismida katta neft konlarini topganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Bu kompaniyalarning ko'pchiligi transmilliy maqomga ega. Ya'ni, ular butun dunyo bo‘ylab hamkorlikda yer osti boyliklarini qazib olishadi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Jahonning eng peshqadam neft va gaz kompaniyalari | Zamon.uz