Kobul aeroportida besh kishi halok bo‘ldi
“Reuters” xabariga ko‘ra, bu holat olomon uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirganida AQSH harbiylari ogohlantiruvchi o‘t ochganidan keyin sodir bo‘lgan.


Guvohlarning aytishicha, aeroportdan besh kishining jasadi olib chiqib ketilgan.

Odamlar o‘limining aniq sababi hozircha nomaʼlum.

Bundan tashqari, bu borada rasmiy bayonot ham berilmagan.

Ayrim xorijiy saytlar mamlakatni tark etishga uringan bir necha kishi Amerika samolyotining shnuriga osilgan chog‘ida halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda.
Nasiba To‘xtayeva







