Livanda motam eʼlon qilindi
Bugun Livanda Akkar tumani Tlayl shahridagi yoqilg‘i rezervuarining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni o‘tkazilmoqda.


Hodisa 28 kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi, jarohatlangan 79 kishining aksari turli darajada kuygan. Livan Sog‘liqni saqlash vazirini bajaruvchi Hamod Hasan bir necha bemorni xorijda operatsiya qildirishga to‘g‘ri kelishini bildirdi.
“Bu o‘ta og‘ir holatlar, ularni Livanda davolash uchun sharoit yo‘q”, – dedi u matbuot anjumanida.
Tlayl shahri hokimi Jozef Mansur bir gumonlanuvchi qo‘lga olinganini maʼlum qildi, u yoqilg‘i rezervuari saqlangan yer uchastkasi egasining o‘g‘li bo‘lib, rezervuarga o‘t qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Boshqa taxminga ko‘ra, u olov yoqqan paytda 18 ming litr mazut saqlangan rezervuar yonib ketgan.
Shanba kuni Livan armiyasi harbiylari Akkar tumanida neft mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy kontrabandchilarga qarshi reydlar o‘tkazayotib Tlaylda yoqilg‘i rezervuarini aniqlashdi. Undagi mazutni tun yarmidan keyin mahalliy aholiga tarqatish boshlandi. Navbatda taxminan 200 kishi turgan paytda portlash ro‘y berdi.







