O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam olishi maʼlum bo‘ldi
O‘zbekiston fuqarolari 1 sentyabr — Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi.

Bu haqda Prezident farmonida belgilab qo‘yilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, Mustaqillik bayramida idora, korxona va tashkilotlarning barcha xodimlariga ketma-ket besh kunlik taʼtil beriladi.
-
1 sentyabr (chorshanba) — “Mustaqillik kuni”;
-
2 sentyabr (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
-
3 sentyabr (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
-
4 sentyabr (shanba) — dam olish kuni (hamma uchun, ish haftasi turidan qatʼiy nazar);
-
5 sentyabr (yakshanba) — dam olish kuni.







