“Ozodlik” radiosi Ashraf G‘ani Dushanbedan Ummonga uchib ketgani haqida xabar tarqatdi
“Ozodlik” radiosi Ashraf G‘ani Dushanbedan Ummonga uchib ketgani haqida xabar tarqatdi.


Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani Dushanbedan Ummonga uchib ketdi, deb xabar beradi “Ozodlik” radiosi tojik xizmati manbalarga tayanib.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Ashraf G‘ani o‘tirgan samolyot Dushanbega qo‘nmaganini aytdi.
Bu maʼlumotni Afg‘oniston milliy islomiy harakati raisi, marshal Abdurashid Do‘stumning qizi Rohila Do‘stum tasdiqlaydi. Bir kun oldin u “Facebook”da Ashraf G‘ani samolyoti Dushanbe ustida bir muncha vaqt aylanib, keyin Ummon tomon yo‘l olganini yozgan edi.
Xabar qilinganidek, “Tolibon” Afg‘onistonni islomiy amirlik, deb eʼlon qilish niyatida. Maʼlum qilinishicha, bunga qadar mamlakatda o‘tish davri bo‘lmaydi — ular hokimiyatni to‘liq nazorat qilishni rejalashtirmoqda.
Nasiba To'xtayeva







