Turkiyada to‘rtta sayyohat kemasi yonib ketdi
Bugun tunda Turkiyaning Alaniya kurortida birdaniga to‘rtta sayyohat kemasi yong‘in ichida qoldi.


Kemalar Turklar tumanidagi plyajda langar tashlagan edi. Dastlab bitta kema yona boshladi, alanga tez orada atrofdagi uchta kemaga ham o‘tdi. Kemada bo‘lgan ekipaj aʼzolari yong‘inni o‘chirishga uringan, ammo buni amalga oshira olmay dengizga sakrab jon saqladi. Ular sohilgacha suzib borishgan.
Buning natijsida ikkita yog‘och kema to‘liq yonib ketgan, qolgan ikkitasidagi alanga o‘chirilgan. O‘t o‘chiruvchilardan biri jarohatlanib, kasalxonaga olib ketildi. Politsiya voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Sharofat Mahmudova







