Yaponiyada kuchli suv toshqini va ko‘chki sodir bo‘ldi
Yaponiya g‘arbida kuchli yomg‘ir suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘lgani uchun 1,5 millionga yaqin odam majburan evakuatsiya qilindi.

Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 14 avgust kuni sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida Nagasaki prefekturasida bir ayol halok bo‘lgan va ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Daryolar qirg‘oqlardan oshib ketgan, yog‘ingarchilik esa davom etmoqda, uylarga zarar yetgan, transport harakati to‘xtatilgan. G‘arbiy Yaponiya, ayniqsa janubdagi Kyusyu orolida rekord darajada yomg‘ir yoqqan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mamlakat bo‘ylab 500 dan ortiq uy suv toshqini ostida qolganini maʼlum qilgan.







