AQSHda koronavirus endi endemik kasallik turiga kiritiladi
AQSHda koronavirus endi endemik kasallik turiga kiritiladi.


Oq uy koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolarni kuchaytirilgan doza bilan emlanishini majburiy qilib qo‘ydi. Bu haqda “New York Post“ rasmiy manbalarga tayanib xabar qilmoqda.
Vaksinaning uchinchi dozasini ikkinchi dozani olgandan so‘ng 8 oy o‘tib qabul qilish kerak. Portal xabariga ko‘ra, buster dozalar sentyabr oyi o‘rtalaridan yuboriladi. Bu vaqtgacha AQSH oziq-ovqat va dori vositalari nazorati boshqarmasi Pfizer-BionTech ikki komponentli vaksinaga ruxsat beradi.
Xabar qilinishicha, shu hafta ichida rasmiy eʼlon beriladi va koronavirus endi AQSHda endemik, yaʼni bir joyning o‘zida doimiy takrorlanadigan kasallik turiga kiritiladi. Bu reja amalga oshsa, koronavirusga ham mavsumiy gripp kabi munosabatda bo‘linadi.
Sharofat Mahmudova







