Jahon

Ashraf G‘ani va Abdulrashid Do‘stum O‘zbekistondaligi haqidagi xabarlar yana bir bor rad etildi

O‘zbekiston hududida Afg‘oniston etnik guruhlarining arboblari va yetakchilari yo‘qligi maʼlum qilindi.

Ashraf G‘ani va Abdulrashid Do‘stum O‘zbekistondaligi haqidagi xabarlar yana bir bor rad etildi

 

 

O‘zbekiston hududida Afg‘onistonning ayrim arboblari va etnik guruh rahbarlari bo‘lib turgani yo‘q. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi maʼlum qildi.

 

«So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning ayrim arboblari va etnik guruhlari rahbarlari O‘zbekiston hududida bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqatilmoqda. Xususan, ularda Ashraf G‘ani, Abdulrashid Do‘stum, Ato Muhammad Nur va boshqalarning nomlari tilga olinmoqda.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deyiladi xabarda.

 

15 avgust kuni toliblar Kobulni qurshab olgach, 2014 yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Ashraf G‘ani samolyot orqali Afg‘onistonni tark etgandi, ammo u qayerdaligi hamon nomaʼlum. OAVda u Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biriga yo‘l olgani aytilgandi.

 

New York Times nashri Dohadagi muzokaralarda ishtirok etayotgan afg‘on delegatsiyasi vakillaridan biriga asoslangan holda G‘ani turmush o‘rtog‘i hamda ikki maslahatchisi bilan birga O‘zbekistonga uchganini aytgandi. Keyinroq prezidentning shaxsiy tansoqchisi Al-Jazeera telekanaliga G‘ani Toshkentga uchganini tasdiqladi.

 

Ammo O‘zbekiston ham, Markaziy Osiyoning yana ikki davlati Tojikiston va Qozog‘iston ham G‘ani ushbu mamlakatlardan biriga kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

 

OAVda, u Ummon sultonligida bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.

 

Shuningdek, 15 avgustga o‘tar kechasi Afg‘oniston shimolidagi Mozori Sharif shahri himoyasida qatnashgan o‘zbeklar yetakchisi Abdulrashid Do‘stum va ushbu hududdagi tojiklar yetakchisi Ato Muhammad Nur ham vertolyot orqali O‘zbekiston hududiga chekingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ashraf G‘ani va Abdulrashid Do‘stum O‘zbekistondaligi haqidagi xabarlar yana bir bor rad etildi | Zamon.uz