Buyuk Britaniya “Tolibon”ga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin
Buyuk Britaniya “Tolibon”ga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin.


Buyuk Britaniya “Tolibon”ga qarshi sanksiyalar joriy qilish imkoniyatini saqlab qoladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab maʼlum qildi.
“agar Afg‘oniston terrorchilar tayanch nuqtasiga aylangan taqdirda “Tolibon” ni javobgarlikka tortishimiz haqida ogohlantiramiz””, deb aytgan Raab. Vazirning maʼlum qilishicha, Buyuk Britaniya toliblarni inklyuziv hukumat tuzishga va inson huquqlarini himoya qilishga majburlashga harakat qiladi.
Dogminik Raab rasmiy London “Tolibon”ga qrshi sanksiyalar joriy qilishi mumkinligini aytib o‘tdi. Shuningdek, Afg‘onistondagi hodisalar tezligi va ko‘lami uni hayratga solganini tan oldi. “Bu biz o‘zlashtirishimiz kerak bo‘lgan darsdir. Lekin hozirda biz asosiy eʼtiborni Britaniya fuqarolari va biz bilan hamkorlik qilgan barchani evakuatsiya qilishga qaratishimiz lozim” , —degan Raab.
Shu bilan birga Buyuk Britaniya hududida 20 yil davomida Afg‘oniston tarafidan birorta terakt uyushtirilmagani katta yutuq ekanini qayd etdi. Raab 20 yil davomida Buyuk Britaniya yordamida 10 million afg‘on bolalari taʼlim olganini alohida taʼkidladi.
Bundan avval Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirib, jonli efirda yig‘lab yuborgan edi.
Jahongir Qo'ziyev







