Fransiyada o‘rmon yong‘ini boshlandi
Fransiya janubida minglab odamlar Var departamentidagi o‘rmon yong‘ini tufayli evakuatsiya qilinmoqda. Bundan tashqari shu atrofdagi kempinglarda dam olayotgan sayyohlar ham o‘z joylarini tark eta boshladi.


Hozircha qurbonlar haqida maʼlumot yo‘q, 3 kishi yengil jarohatlangan, 19 kishi tutundan zaharlangan. Bu haqda “BFMTV“ xabar tarqatgan.
Yong‘in dushanba kuni peshindan so‘ng boshlangan. Tonggacha 5 ming gektar maydon, jumladan, 100 ga yaqin o‘y xo‘jaligi va ikkita kemping yonib ketdi. Hududda bir necha avtomobil yo‘li yopilgan.
Ayni paytda o‘t o‘chirishga 700 kishi jalb etilgan. Yong‘inni o‘chirishda issiq havo va qurg‘oqchilik xalaqit beryapti.
Sharofat Mahmudova







