Jahon

Kobulning qulashida Afg‘oniston rasmiylari aybdor—Jozef Bayden

16 avgust kuni AQSH prezidenti Jozef Bayden Oq Uyda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

Kobulning qulashida Afg‘oniston rasmiylari aybdor—Jozef Bayden

 

 

Prezident o‘z nutqi avvalida Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqayotganidan afsuslanmasligini maʼlum qildi. Shuningdek, AQSHning maqsadi Afg‘onistonda davlat qurish emas, balki Amerika hududiga bo‘ladigan teraktlarning oldini olish bo‘lgan, bunga esa erishildi.

 

Shuningdek, Bayden hukumatning mag‘lub bo‘lishida Afg‘onistonlik rasmiylarning o‘zi aybdorligini taʼkidladi. “AQSH afg‘on qo‘shinlariga hamma narsa berdi, ammo g‘alabaga bo‘lgan ishonchni singdira olmadi”, - deb aytib o‘tgan Bayden. Shu sababli afg‘onlarning o‘zi jang qilishni istamagan urushda AQSH harbiylari halok bo‘lishi maqsadga muvofiq emasligi qayd etildi.

 

Bundan tashqari AQSH prezidenti Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini maʼlum qildi. Shu maqsadda qochqinlarga 500 million AQSH dollari miqdorida yordam  ajratiladi.

 

15 avgust kuni “Tolibon” Kobulni egalladi va Afg‘onistondagi hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. AQSH Afg‘onistondagi elchixonasi va tarafdordlarini evakuatsiya qilish maqsadida qo‘shimcha harbiy kuch jalb etgan. Mamlakatda vaziyat keskinlashuvi ortidan 16 avgust kuni Kobul aeroportida tartibsizliklar yuzaga kelgan.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Kobulning qulashida Afg‘oniston rasmiylari aybdor—Jozef Bayden | Zamon.uz