Navoiyda test sinovlari yakunlandi. Qancha abituriyent testga kelmagani ochiqlandi
Davlat test markazi Navoiy viloyati bo‘limi test jarayonlarining yakuni bo‘yicha raqamlarni taqdim qildi:

Navoiyda test sinovlari yakunlandi. Qancha abituriyent testga kelmagani ochiqlandi
Davlat test markazi Navoiy viloyati bo‘limi test jarayonlarining yakuni bo‘yicha raqamlarni taqdim qildi:
Navoiyda o‘tkazilgan test jarayonlarida 47 373 nafar abituriyentdan 45 328 nafari qatnashgan. 2 039 nafar abituriyent testga kelmagan;
▪️ 2 nafar abituriyent tana harorati yuqori bo‘lgani uchun imtihonga kiritilmagan;
▪️ test o‘tkaziladigan maydonga kirishda 4 nafar, test jarayonida esa 5 nafar abituriyent imtihondan chetlashtirilgan.
Tana harorati yuqori bo‘lgan hamda koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun 14 kun ichida qayta test sinovlari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga chalingan abituriyentlarning imtihonga kirishi ochiqlangani hamda 7 ta hududda test sinovlari yakunlangani haqida xabar berilgandi.







