O'zbekiston

O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyaga o‘qishga yuboriladi

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida Koreya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligining O‘zbekiston bilan hamkorlikka masʼul xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyaga o‘qishga yuboriladi

 

 

Uchrashuvda harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda davom etish, xususan, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarni Janubiy Koreya Qurolli Kuchlari oliy harbiy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborishga kelishib olindi.

 

Bundan tashqari, koreyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish amaliyotini davom ettirish, jumladan, onlayn shaklda ikki mamlakat oliy harbiy taʼlim muassasalarida har ikki tomon uchun eng dolzarb mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorlik bildirildi.

 

Harbiy tibbiyot sohasida, jumladan, tibbiyot harbiy akademiyalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish zarurligi alohida qayd etildi.

 

Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy qo‘mondonligi qo‘mondonining O‘zbekistonga amaliy tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

O‘zaro manfaatlarning keng sohalarini hisobga olgan holda joriy yil oktyabr-noyabr oylarida O‘zbekiston va Janubiy Koreya mudofaa idoralari o‘rtasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish xususida kelishib olindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyaga o‘qishga yuboriladi | Zamon.uz