Jahon

Oziq-ovqat tanqisligi: unga qanday omillar sabab bo‘lmoqda?

Hozirda  Yer yuzida 800 milliondan ortiq inson to‘yib ovqatlanmaydi. BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi taqdim etgan maʼlumotlarga ko‘ra, ayniqsa, 53 mamlakatdagi 153 million kishi ochlikning eng keskin shaklidan aziyat chekadi.

Oziq-ovqat tanqisligi: unga qanday omillar sabab bo‘lmoqda?

 

 

Oziq-ovqat tanqisligi global masala. Dunyo yildan-yilga bu muammo ustida ko‘proq bosh qotirishiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘n yil, ayniqsa, “COVID-19” pandemiyasi davrida ochlik kun tartibidan muqim o‘rin oldi.

 

Stokgolm xalqaro tinchlik muammolari tadqiqotlari instituti xulosalariga ko‘ra, global ochlikning ikkita asosiy sababi mavjud: birinchisi, iqlim o‘zgarishi, ikkinchisi, qurolli nizolardir.  

 

Tahlilga o‘tsak. Iqlim o‘zgarishi xalqaro munosabatlar va global muammolarga eng kuchli taʼsir ko‘rsatayotgan omil sanaladi. So‘nggi yillarda butun dunyoda hosildorlik pasayishi kuzatilmoqda. Yer shari aholisi esa tobora ko‘payib borayapti. Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, keyingi o‘n yillikda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ishlab chiqarish darajasidan yuqori bo‘ladi. Hosildorlik keskin pasayib borayotgan bugungi sharoitda bu talabni qondirish o‘ta mushkul vazifadir.

 

Kuzatayotgan bo‘lsangiz, tabiiy ofatlar soni ham keskin oshdi. Bu yilgi yoz mavsumi so‘zlarimizga isbot. Turkiya, Rossiya, Jazoir, Gretsiya kabi mamlakatlar o‘rmonlarini qurshab olgan yong‘inlarni dahshat ichida kuzatdik. Yevropada yuzaga kelgan suv toshqinlari ham hech kimni befarq qoldirmadi. Shu kabi tabiiy ofatlar oqibatida millionlab gektar maydonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yo‘qotildi.

 

Raqamlarga to‘xtalsak. Birgina 2008—2018 yillar davomida butun dunyo qishloq xo‘jaligi fors major holatlari sabab 108 milliard dollar zarar ko‘rgan.

 

Qurolli nizolar. Global ochlikni keltirib chiqargan yana bir asosiy omil. Yuqorida keltirganimizdek, butun dunyo bo‘ylab 800 million kishi oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Ularning 60 foizi qurolli to‘qnashuvlar avj olgan davlatlarda yashaydi. Masalan, Afg‘oniston, Eron, Suriya va Janubiy Sudandagi ocharchilikka aynan mamlakatdagi urush sabab qilib ko‘rsatilgan. Birgina Yamanda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 27 foizi to‘yib ovqatlanmaydi. Yaman aholisi 30 million kishidan ortiq bo‘lsa, shundan qariyb 16 millioni doimiy oziq-ovqatga muhtoj.

 

Koronavirus pandemiyasi ochlik muammosini yana-da chuqurlashtirdi. Birinchidan, oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshishi natijasida ularning narxi ham keskin ko‘tarildi. 2020 yilda ochlik avvalgi yillarga nisbatan 18 foizga oshdi. Pandemiyaning dastlabki oylarida 195 davlatdagi 370 milliondan ortiq maktab yoshidagi bolalar ochlikka duchor bo‘lgan.  Ekspertlarning ogohlantirishicha, keyingi yillarda koronavirus tufayli dunyo miqyosida ochlikning eng keskin shaklidan aziyat chekuvchilar soni ikki barobarga oshadi.

 

BMT bosh kotibi Antonio Gutterish  “Ochlik urushni, urush esa ochlikni keltirib chiqaradi”, - degan edi. Darhaqiqat, ochlik davlat ichki xavfsizligiga  to‘siq bo‘ladigan asosiy omillardan biridir. Muammoga yechim topish  butun dunyo barqarorligi kafolati.  

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.