Tojikistonda xitoy bilan ko‘shma mashg‘ulotla boshlandi
Tojikistonning Vaxdat shahridagi Romit darasida Tojikiston-Xitoy o‘rtasida antiterror mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda “Aziya –plyus” xabar berdi.


Mashg‘ulotlar 20 avgustgacha davom etadi. Unda Tojikiston Ichki Ishlar vazirligi va Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi maxsus qismlari ishtirok etmoqda.
Bundan avval 16 avgust kuni Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi rasmiy vakili Lyu Yunfen bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda tomonlar Tojikistonning tog‘li hududlarida qo‘shma antiterror mashg‘ulotlarini o‘tkazishni muhokama qilgan.
So‘nggi vaqtlarda, ayniqsa Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashuvi ortidan Markaziy Osiyoda turli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Masalan, avgust boshida Termizda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma mashg‘ulotlari, keyinroq Tojikistondagi “Harb-Maydon” poligonida O‘zbekiston-RF-Tojikiston o‘rtasida uch tomonlama harbiy o‘quv mashqlari o‘tkazilgan edi.
Jahongir Qo‘ziyev







