Uzbekistan Airways Toshkent – London aviaqatnovini tikladi
Toshkent – London aviaqatnovi tiklandi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" axborot xizmati xabar bermoqda.


Qayd etilishicha, 17 avgustdan boshlab, «Uzbekistan Airways» Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tikladi.
Maʼlum qilinishicha, aviaqatnovlar haftada ikki marta seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent – London yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 3 295 669 so‘mni, Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 7 341 157 so‘mni tashkil qiladi.
Narxlar 2021 yil 17 avgust kuni holatiga ko‘ra amal qilishi aytilgan.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.







